
VXL. "Humo" bugun "Zvezda"ga qarshi navbatdagi o‘yinini o‘tkazadi
VXLning Petrov kubogida ishtirok etayotgan Toshkentning "Humo" xokkey klubi musobaqaning chorak final bosqichida Moskvaning "Zvezda" jamoasiga qarshi bahs olib borayotganidan xabaringiz bor.
Ushbu jamoalarning dastlabki 2 ta bellashuvi “Zvezda” maydonida bo‘lgan va uning birida mezbonlar, ikkinchisida esa toshkentliklar g‘alaba qozonishgan edi. Aytish kerakki, bugungi bahsdan oldin umumiy hisob 1:1.
Koronavirus pandemiyasi sabab O‘zbekiston Respublkasi xududida xalqaro sport tadbirlarini bekor qilish to‘g‘risidagi qarorga muvofiq “Humo” o‘z uy o‘yinlarini Rossiyaning Voskresensk shahrida o‘tkazadigan bo‘ldi. Shu bois bugun va ertaga “Zvezda”ga qarshi bo‘ladigan 2 ta o‘yin shu shaharda bo‘lib o‘tadi.
“Humo” - “Zvezda” uchrashuvi bugu Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi.
Fikrlar