
VXL. "Humo" bugun bosh murabbiysiz qolgan "Buran"ga qarshi o‘ynaydi
Toshkentning "Humo" jamoasi o‘z maydonida Rossiya Federatsiyasining Voronej shahri sharafini himoya qiladigan "Buran" klubini qabul qiladi. Mazkur bellashuv soat 19:30 da boshlanadi.
Qayd etish joiz, mehmonlar bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Mixail Biryukov VXL tartib-intizom qo‘mitasi tomonidan uchta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilingan. Biryukovga "Zvezda"ga qarshi bahsda muxlislarga qarata uloqtirilgan oyoq kiyim uchun mazkur jazo qo‘llanilgan va aynan mazkur diskvalifikatsiya sabab bugun "Buran"ni Sergey Korolev muzga boshlab chiqadi.
Fikrlar