
Volkanovskining murabbiyi:"Hamma narsani oshkor eta olmayman, lekin..."
Yarim engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Aleksandr Volkanovskining murabbiyi Evgeniy Bayrman shogirdini zudlik bilan Ilyaga qarshi revansh o‘tkazishini xohlamoqda.
ʼʼHammasini oshkor eta olmayman, lekin Aleks revansh jangiga loyiq ekanligi aniq. U chempion bo‘lish uchun hamma narsani qildi. Uzoq vaqt kamarni o‘zida ushlab qoldi, jarohatlarga qarshi kurashdi, qisqa vaqtda janglar o‘tkazdi, - dedi Bayrman Combot TV You Tube kanaliga berga intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Aleks "UFC 298" musobaqasida Ilya Topuriyaga 2- raundda nokaut evaziga mag‘lub bo‘lgandi.
Fikrlar