
Volkanovski qachon oktagonga qaytishini ma’lum qildi
Yarim engil vazn toifasi (65.8 rkg) FC chempioni Aleksandr Volkanovski (26-2) kelasi yil yanvar oyida jang qilmoqchiligiga ishora qildi.
"Yanvar men uchun zo‘r variantdek ko‘rinmoqda", - dedi avstraliyalik chempion ijtimoiy tarmoqlarda.
Uning keyingi to‘qnashuvi katta ehtimol bilan Iliya Topuriya (14-0)ga qarshi bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Volkanovski so‘nggi jangida Yair Rodriges (15-4-1)ni nokautga uchratgan edi.
Fikrlar