"Volfsburg" o‘z tarixidagi eng yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi
"Volfsburg" bugun Bundesliganing so‘nggi turida "Augsburg"ni 8:1 hisobida engdi.
E’tiborlisi, bu “bo‘rilar” tarixidagi eng yirik g‘alaba bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, bungacha “Volfsburg” tarixidagi eng yirik g‘alaba 1998 yilda “Borussiya M” ustidan qozonilgan edi – 7:1.
Eslatib o‘tamiz, “Volfsburg” joriy mavsum Bundesligani 55 ochko bilan 6-o‘rinda yakunladi.



Fikrlar