Vlado Radmanovich: "Eronni hurmat qilamiz, ammo ulardan qo‘rqmaymiz!"

  • 19 iyun, 2023, 13:18
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"CAFA Nation's Cup" turniri o‘zining hal qiluvchi pallasiga etib keldi. Ertaga musobaqaning 3-o‘rin uchun va final bahslari bo‘lib o‘tadi. Mazkur o‘yin oldidan O‘zbekiston jamoasi yordamchi murabbiyi Vlado Radmanovich o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. 

Tecno

"Hammaga hayrli kun! Finalgacha etib keldik va oldinda bizni jiddiy uchrashuv kutib turibdi. Eron kuchli jamoa. Biz ularni hurmat qilamiz, ammo raqibdan qo‘rqmaymiz. 

Ular guruhda ishtirokchilar kam bo‘lgani bois bitta kam o‘yin o‘tkazishdi. Bu ularga ustunlik berishi mumkin. 

Ertaga futbolchilarimiz maydonning har bir qarich eri uchun kurashishi lozim. Mantiqan to‘g‘ri qarorlar chiqarishimiz muhim. Sababi, raqib jiddiy ekanini hamma bilib turibdi. 

Biz raqibni tahlil qilib chiqdik. Ular hujumkor o‘ynashini yaxshi bilamiz. Shuningdek, oldingi chiziqdagi futbolchilari ham top darajada. Ularni yaxshi bilishimiz rost. Ammo Eron terma jamoasi ham biz haqimizda etarli ma’lumotga ega. 

Futbol taxmin qilish juda ham qiyin bo‘lgan sport turi. Unda mayda detallar ko‘p narsani hal qiladi. O‘ylaymizki, ertaga omad ham biz tomonda bo‘ladi.

Hali ham o‘sha fikrdaman. Imkoniyatlar 60 ga 40 bizning foydamizga. Har doim optimist bo‘lishimiz kerak. Agar men hamma narsani bilganimda, hozir eng muvaffaqiyatli insonga aylangan bo‘lardim. 

Katanets bilan vaziyat yaxshilanib borayotgani haqida aytishim mumkin. U internet orqali bizga omad tiladi. Afsuski, u ertangi o‘yinni onlayn tomosha qiladi. Umid qilamizki, u tezda sog‘ayib ketadi va safimizga kelib qo‘shiladi. 

Ertaga katta bosim va mas’uliyat bo‘lishi mumkin. Ammo muxlislarimiz qarshisida o‘ynayotganimiz bizning foydamizga ishlaydi. Eronning qanday o‘ynashini, futbolchilari qanday salohiyatga ega ekani haqida ma’lumotga egamiz. Biz qanday harakat qilishimiz to‘g‘risida esa ertaga yakuniy qaror qabul qilamiz", - dedi mutaxassis.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!