
Vitor Roke bo‘yicha "Barsa"ning munosabati aniq
Vitor Roke keyingi mavsumda "Barselona"da o‘ynamaydi.
Braziliyalik hujumchi 2024/25 yilgi mavsum uchun "ko‘k-anorranglilar" rejalariga kiritilmaydi, deya xabar berdi "SER Catalunya". Futbolchini "Barselona" ijaraga bermoqchi. Deko mazkur variantni forvardning agenti Andre Kyuriga taklif qiladi.
Rokening agenti futbolchini ijaraga berishni istamayapti. Avvalroq, u Vitor klubni faqat to‘liq transfer evaziga tark etishini aytgandi. Kyuri yaqin kunlarda Barselonaga kelib, Deko bilan gaplashishni rejalashtiroqda.
Yosh braziliyalik futbolchi joriy mavsum "Barsa" sfida barcha musobaqalar doirasida 310 daqiqa o‘ynadi.
Fikrlar