
Virts uchun kurashga London klubi qo‘shildi
2025 yilning eng katta transferlaridan biri Florian Virtsning top klubga o‘tishi bo‘lishi kutilmoqda.
Kristian Falk xabar berishicha, germaniyalik hujumkor yarim himoyachi uchun kurashga "Arsenal" ham qo‘shildi. "Bayer" esa futbolchi uchun 150 million evro talab qilmoqda.
Virtsni "Real" kuzatib borayotganini ta’kidlab o‘tish joiz. Shuningdek, yana bir nechta jamoalar ham uni o‘z tarkibida ko‘rishni istaydi. Florianning leverkuzenliklar bilan shartnomasi esa 2027 yilgacha amal qiladi.
21 yoshli xavbek mavsumni juda yaxshi boshladi. U jamoasi tarkibida 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Qo‘shimchasiga 1 ta assist qayd etdi.
Fikrlar