“Real” yana bir yulduzdan voz kechadigan bo‘ldi

  • 21 avgust, 09:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyaning eng qudratli klublaridan hisoblangan “Real” frantsiyalik yarim himoyachi Eduardo Kamavinga bilan ma’lum shartlar asosida xayrlashishga tayyorligini bildirdi.

Tecno

Jamoani Xabi Alonso qabul qilib olganidan keyin tarkibda muayyan o‘zgarishlar ro‘y bermoqda, ispaniyalik mutaxassis jamoani o‘ziga moslashtirishga juda katta e’tibor qaratmoqda.

Defensa Central nashrining yozishicha, “Qirollik klubi” Eduardo Kamavinga bo‘yicha 80 million evrdan boshlangan takliflarni ko‘rib chiqishga rozi. Manbaning ta’kidlashicha, frantsiyalik yarim himoyachi Xabi Alonsoning ishonchini qozongan.

Biroq klub g‘aznasiga kirim qilish kerak. Shu bois, klub Kamavinga uchun qimmat narx belgiladi. Aslida Transfermarkt portali ekspertlari 22 yoshli futbolchini 60 million evroga baholagan.

Kamavinganing madridliklar bilan tuzgan shartnomasi 2029 yilning yarmigacha davom etadi. Hozircha, bu o‘yinchi uchun belgilangan summani to‘lashga tayyor biror da’vogar chiqmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!