
Virts nega "Bavariya"ni emas "Liverpul"ni tanladi?
Florian Virts murabbiy va loyiha tufayli "Liverpul"ni tanladi.
"Bayern & Germany" nashrining xabar berishicha, Arne Slot hal qiluvchi omil bo‘lgan. Shaxsiy uchrashuvda "Liverpul" murabbiyi ishonchli tarzda Virtsga juda aniq sport rejasini tushuntirdi, futbolchi buni katta g‘ayrat bilan qabul qildi.
"Bavariya" ham Virtsni kelajak rejalari bilan tanishtirdi, biroq ular unchalik ishonchli bo‘lmay, Florianda bir qator savollar qoldirdi.
Pul masalasi katta ahamiyatga ega bo‘lmadi. Ikkala klub ham bir-biriga o‘xshash shartlarni taklif etdi.
Fikrlar