
Vinisiusni Angliya grandi olib ketadi
Angliya Premer-ligasining eng badavlat klublaridan hisoblangan “Chelsi” kutilmaganda katta transferga qo‘l uradigan bo‘ldi.
“Aristokratlar” o‘z tarkibini “Real” hujumchisi Vinisius Junior yordamida kuchaytirishni mo‘ljallayapti. Londonliklar braziliyalik futbolchi atrofidagi vaziyatni kuzatib bormoqda.
“Real” ayni paytda Vinisius bilan yangi shartnoma tuzishga harakat qilyapti. Biroq o‘yinchi talab qilayotgan maosh bilan klub ajratadigan mablag‘ o‘rtasidagi tavofut bor va shu bois, tomonlar yakuniy kelishuvga kelisha olmagan.
Agar Vinisius Madriddan ketishga qaror qilsa, “Chelsi” hujumchini o‘z safiga qo‘shib olishga tayyorligini bildirdi. Ular Vinisiusga dunyodagi eng kuchli musobaqa hisoblangan Angliya Premer-ligasida kuchini sinab ko‘rishni taklif qilmoqchi.
“Real” hujumchisida Saudiya Arabistoni varianti ham. Shayxlar anchadan beri 24 yoshli forvardga ko‘p millionli shartnomalar va’da qilib kelmoqda.
Fikrlar