Vinisius va "Real"ning boshqa futbolchilaridan hurmatga sazovor harakat

  • 6 noyabr, 2024, 16:28
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" futbolchilari Ispaniyadagi suv toshqinidan jabrlanganlarga yordam berdi.

Tecno

Oktyabr oyining oxirlarida Ispaniya sharqida va janubida kuchli yomg‘ir yog‘di. Suv toshqinlari oqibatida 200 dan ortiq kishi halok bo‘lgan. Madrid klubi tabiiy ofatdan jabrlanganlarga yordam berish maqsadida 1 million evro xayriya qildi.

"Cadena SER" xabariga ko‘ra, "Real" futbolchilarining o‘zlari qo‘shimcha ravishda kattaroq mablag‘ni xayriya qilishgan. Ular buni e’lon qilishni xohlamadilar.

Qayd etilishicha, bu g‘oyani jamoa vingeri Vinisius o‘z jamoadoshlariga taklif qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!