Vinisius Ronaldoga etib oldi

  • 9 mart, 21:44
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" La Ligada "Rayo Valekano"ga qarshi o‘yinni o‘tkazdi.

Birinchi taymda  "qaymoqranglilar" hujumchisi Vinisius Junior raqib darvozasiga gol urdi. Mazkur goldan so‘ng Vinisiusning "Real" uchun urgan gollari soni 103 taga etdi.

Braziliyaliklar orasida "Real" uchun bundan ko‘p gol urgan futbolchi yo‘q. Vinisius o‘z vaqtida klub uchun 103 ta gol urgan Ronaldoga etib oldi. Ronaldo va Vinisius klub tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar reytingida 19-o‘rinni egallab turibdi.

Ushbu ro‘yxatning birinchi pog‘onasida Madrid klubi libosida 450 ta gol urgan Krishtianu Ronaldu joy olgan.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!