Vinisius: O‘zimga sarflangan pullarni oqladim

  • 2 iyun, 2024, 04:36
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Vinisius Junior o‘zining transfer narxini oqladi, deb hisoblaydi. 

"Real" Madrid Evropa Chempionlar ligasi finalida "Borussiya Dortmund"ni mag‘lub etib (2:0), turnir g‘olibiga aylandi. Braziliyalik futbolchi jamoasining ikkinchi golini urdi. 

"Men bu klubni yaxshi ko‘raman. Meni "Real"ga olib kelganlarni yaxshi ko‘raman. Bu erda doim g‘alaba qozonish uchun o‘ynaymiz. Meni yoshligimdanoq katta summaga sotib olgan Florentino Peresga rahmat aytaman. Mazkur pullarni oqladim, deb o‘ylayman. 

"Real" menga qo‘ng‘iroq qilganini hamon eslayman. Voqea 2017 yilning 13 may kuni sodir bo‘lgandi, bugun esa 2024 yil, 1 iyun va hamon shu erdaman. G‘alaba qozonishda davom etishni xohlayman",
- dedi Madrid klubi vingeri. 

 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!