
Vinisius: "Mbappe kelganidan so‘ng jamoa kuchaydi. Biroq ..."
Vinisius Junior Kilian Mbappe "Real"ni qanday kuchaytirishi haqida gapirdi.
- Bizda juda yaxshi tarkib bor va uzoq vaqtdan beri shunday. Mbappe kelganidan so‘ng hamma jamoani to‘xtatib bo‘lmaydigan holatga keltirishi mumkinligini aytmoqda. Biroq, hozircha biz yaxshi mashg‘ulotlarni o‘tkazishimiz va imkon qadar tezroq bir-birimizni tushunishni o‘rganishimiz kerak.
Menga Mbappening uslubi yoqadi. Mbappe avvalgi jamoasida va terma jamoadagi singari ko‘p gol urishni va biz bilan bundan ham ko‘proq yutuqlarga erishishini xohlayman, - dedi "Real" vingeri.
Ma’lumot uchun, frantsiyalik forvard yozgi transferlar oynasida erkin agent sifatida "Los-Blankos" safiga kelib qo‘shildi. Kilianning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yarmiga qadar amal qiladi.
Fikrlar