
Vinisius Junior "Oltin to‘p"ga monand statistika qayd etmoqda
Vinisius Junior joriy mavsumdagi 9ta o‘yinda gol+pas tizimidan foydalangan holda umumiy 7 ochko jamg‘arishga ulgurdi.
"Real Madrid" vingeri "Alaves" bilan o‘yinning 1-daqiqasidasidayoq Lukas Vaskesga golli uzatma amalga oshirdi. Bu braziliyalik forvardning joriy mavsumdagi barcha musobaqalar hisobidagi 4-assistiga aylandi. Shuningdek, uning hisobida 3 ta gol ham mavjud.
Mazkur natijalar orqali futbolchi "Oltin to‘p" sovrinining joriy mavsumdagi g‘olibligi uchun asosiy da’vogarlardan biri ekanligini yana bir karra isbotlamoqda.
Fikrlar