
Villian faoliyatini "Real"da davom ettirishi mumkin
“Chelsi” klubi vingeri Villian “Real” Madridning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.
Defensa Central nashrining yozishicha “qirollik klubi” braziliyalik futbolchini yozgi transferlar davrida, ya’ni uning “aristokratlar” bilan shartnomasi yakunlangach o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.
Ta’kidlash kerakki, Villianning o‘zi ham yangi chaqiruvlarni xohlamoqda va shu boisdan u bir necha bor “Chelsi”ning shartnomani uzaytirish borasidagi taklifini rad etdi.
Ma’lumot uchun, 31 yoshli Villian joriy mavsum 16 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar