
Viktor Kumikovga yangi shartnoma taklif qilindi
Rossiyalik mutaxassis, Qozog‘istonning “Qaysar” klubiga ustozlik qilib kelayotgan Viktor Kumikovni muxlislar yaxshi eslashadi.
O‘tgan yilning boshida “Qaysar” klubi bosh murabbiyi sifatida ish boshlagan Viktor Balyutovichning joriy mavsum yakunida jamoa bilan tuzgan shartnomasi nihoyasiga etdi.
Kumikovning Sports.uz saytiga ma’lum qilishicha, yanvar oyida yangi shartnoma imzolanadi. Bu borada ikki tomon o‘zaro kelishuvga erishishgan.
Viktor Balyutovich boshchiligida “Qaysar” o‘tgan yili Qozog‘iston premer-ligasida 6, bu yil esa 8-o‘rinni egalladi.
Eslatib o‘tamiz, Kumikov O‘zbekistonda “Mash’al”, “Nasaf”, OKMK va “Andijon” klublarini boshqargan.
Fikrlar