Viktor Kumikov: "Tanaffusga qadar natija biz uchun yaxshi edi"

  • 7 avgust, 2021, 23:41
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” klubi “Navbahor” maydonida mezbon nomi ostida “Qizilqum”ga qarshi o‘tkazgan o‘yinida yana durang natija qayd etdi. Ushbu bellashuvdan keyin andijonliklar bosh murabbiyi Viktor Kumikov bellashuv xususida o‘z fikrlarini bildirdi.  

Tecno

- Bilasizmi, ikkala bo‘lim bir-biridan farq qildi. Masalan, tanaffusga qadar ko‘rsatgan o‘yinimizda futbolchilar vazifani bajarayotgandilar. Ikkinchi bo‘limda esa bunday bo‘lmadi. Holbuki, natija biz uchun yaxshi edi.

Bu o‘yindan ko‘p narsa kutgandik. G‘alaba qozonish uchun tayyorlangandik. Golni ham standartdan kiritdik. Afsuski, keyin raqib gol urgan mahalda muvozanatni yo‘qotdik. G‘alabani ko‘zlagandik. Ammo natija ham o‘yinga qarab bo‘ladi. Aytdim-ku, birinchi taymda yaxshi o‘ynadik va yutayotgandik. Imkoniyatlar yaratildimi, undan, albatta, foydalanish kerak. Hatto, yarimta imkoniyat bo‘lsa ham uni golga aylantirish payida bo‘lish lozim.

Jamoamizga belaruslik legionerlar kelgan. Ular issiq havoda to‘p tepishga ko‘nikmaganlar. Bu futbolchilar moslashish jarayonida. Umuman olganda, “Andijon”ga yangi kelgan o‘yinchilar ko‘nikma hosil qilish harakatidalar. Biroq ular hali to‘liq tayyor emaslar. Zaxiramizda ham yoshlar bor, - dedi Kumikov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!