Vidal: Konte – taktik monstr

  • 18 oktabr, 2019, 14:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” klubi yarim himoyachisi Arturo Vidal “Inter”da faoliyat olib borayotgan sobiq ustozi Antonio Konte haqida gapirib o‘tdi.

Tecno

“Konte mening futbol poydevorimni qo‘ydi. O‘yinchi sifatida u menga o‘xshardi. Antonio menga ko‘p narsa o‘rgatdi. Masalan, himoyalanishda to‘g‘ri pozitsiya tanlashni. Uning maslahatlari bilan men gol urishni boshladim. Konte – taktik monstr. Boshqa murabbiylar ham menga kerakli narsalarni berishdi, ammo Antonio mening shakllanishimda asosiy rol o‘ynadi”, - deydi chililik futbolchi.

Ma’lumot uchun, Vidal 2011-2014 yillarda “Yuventus”da aynan Konte qo‘l ostida to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!