Veynaldum Jerrard jamoasiga o‘tishi mumkin

  • 31 avgust, 2023, 19:38
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ vakili Jorjino Veynaldum faoliyatini Saudiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Unga "Al-Ittifoq" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ma’lum qildi. 

Tecno

Jurnalistning ta’kidlashicha, yarim himoyachi Luis Enrike rejalaridan joy olmagan va jamoani tark etish istagida. Agarda yaxshiroq taklif tushsa, Evropada qolishni ham o‘ylamoqda. 

Ma’lumot uchun, Veynaldum 2021 yilda erkin agent sifatida PSJga ko‘chib o‘tgan. "Al-Ittifoq"da u bilan "Liverpul" bilan birga to‘p tepgan Jordan Xenderson harakat qiladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!