
Veyli Chjanning kamari uchun jang belgilandi
UFC prezidenti Dana Uaytning ma’lum qilishicha, oktyabr oyida bo‘lib o‘tadigan "UFC 321" turnirida ayollar minimal vaznidagi (52 kg) chempionlik kamari uchun jang tashkil etiladi.
Mazkur bahsda amerikalik Makkenzi Dyorn (divizion reytingida 5-o‘rin) va braziliyalik Virna Yandiroba (1-o‘rin) oktagonga ko‘tariladi. Turnir 25 oktyabr kuni Abu-Dabida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, ushbu kamar ilgari Xitoy vakilasi Veyli Chjanga tegishli edi. U titulini bo‘shatib, keyingi jangini qirg‘izistonlik Valentina Shevchenko bilan 61 kg da o‘tkazishga qaror qildi.
Qiziq jihati, Dyorn va Yandiroba o‘rtasida bu bahs — revansh bo‘ladi. Ularning ilk to‘qnashuvi 2020 yil 12 dekabr kuni Las-Vegasda o‘tkazilgan va unda Makkenzi hakamlarning qaroriga ko‘ra g‘alaba qozongandi.
Fikrlar