
Verner faoliyatini Manchesterda davom ettirishi mumkin
"Manchester Yunayted" o‘z tarkibiga markaziy hujumchi qo‘shib olishga urinyapti. Klubni qishda Antoni Marsyal tark etishi kutilmoqda. Uning o‘rniga strayker kerak.
"Sky Sports" nashri xabar berishicha, "qizil iblislar" "Leyptsig" futbolchisi Timo Vernerga qiziqish bildiryapti, lekin muzokaralar boshlangani yo‘q. Avvalroq, germaniyalik hujumchini "Real"ga o‘tishi borasida mish-mishlar chiqqandi. Manba bunday turdagi ma’lumotlarni inkor qilmoqda.
Vernerga bir nechta takliflar kelishiga qaramay u yozgacha o‘z jamoasida qolishi mumkin. Ammo u klubdan biroz norozi bo‘lmoqda. 27 yoshli strayker ushbu mavsum "Leyptsig" tarkibida 13 ta o‘yinda maydonga tushirildi.
Fikrlar