
Verner "Chelsi"da qancha maosh olayotgani ma’lum bo‘ldi
Germaniyalik hujumchi Timo Verner “Chelsi”da qancha maosh olayotgani ma’lum bo‘ldi.
Sport Bild muxbiri Kristian Falkning xabar berishicha, 25 yoshli futbolchi London klubida yiliga 20 million evrodan ortiqroq maosh olmoqda.
Verner “Chelsi”ga 2020 yilning yozida “RB Leyptsig”dan ko‘chib o‘tgan edi. U o‘tgan davr mobaynida “aristokratlar” safida APLda jami 37 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6 ta gol hamda 8 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Verner 2017 yildan buyon Germaniya terma jamoasi a’zosi hisoblanadi.
Fikrlar