
Vengriya bosh murabbiyi Angliyaning yirik mag‘lubiyatidan so‘ng nimalar dedi?
Millatlar ligasi guruh bosqich 4-turidan o‘rin olgan Angliya - Vengriya uchrashuvida kutilmaganda mehmonlar yirik 4:0 hisobida zafar quchdi. Ushbu bahsdan so‘ng vengriyaliklar bosh murabbiyi Marko Rossi o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
"Vafot etganimdan so‘ng Vengriya stadionlarida meni bir daqiqalik sukut bilan xotirlashadi, deb umid qilaman. Axir biz Germaniya bilan durang o‘ynadik, inglizlarga qarshi 2 o‘yinda ham g‘alaba qozondik.
Menimcha, hozirgi kunda buni har bir venger haqiqat deb qabul qilishi qiyin, buni tushunaman. Ammo bu o‘ngimizda sodir bo‘ldi.
Shunday ekan, men shunday ehtiromga loyiq ish qila oldim, deb hisoblayman (kuladi). Hozirgi Angliyani bu hisobda mag‘lub etganimizni hali ham tasavvur qilish og‘ir kechmoqda", - dedi mutaxassis.
Fikrlar