Velosport. Osiyo chempionatida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi e’lon qilindi

  • 6 iyun, 2024, 11:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Velosport
BEPUL PROPAN

Bugun Qozog‘istonning Olmaota shahrida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha kattalar va o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati boshlanadi. 12 iyunga qadar davom etadigan musobaqada qit’amizning eng kuchli sportchilari g‘oliblik uchun kurash olib boradi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, ushbu qit’a birinchiligida quyidagi velosportchilarimiz yurtimiz sharafini himoya qiladi:

Erkaklar:
Murodjon Xolmurodov
Daniil Evdokimov
Konstantin Elli
Samandar Jonniqulov
Sanjar Ergashev
Dmitriy Bocharov
Nikita Tsvetkov
Begzod Rahimboev
Farruh Bobosherov

Ayollar:
Olga Zabelinskaya
Yanina Kuskova
Margarita Misyurina
Madina Qahhorova
Ekaterina Knebeleva
Anna Kuskova
Evgeniya Golotina
Shahnoza Abdullaeva
Mohinabonu Elmurodova

Ta’kidlash kerakki, ushbu musobaqa Parij Olimpiadasi oldidan Osiyo qit’asi velosportchilari uchun yakuniy tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!