Velosport. Jahon kubogining navbatdagi bosqichida ishtirok etadigan terma jamoamiz tarkibi e’lon qilindi

  • 7 aprel, 2024, 18:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Velosport
BEPUL PROPAN

12-14 aprel kunlari Kanadaning Toronto shahrida velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Ahamiyatlisi, joriy musobaqadan keyin mazkur yo‘nalishda Parij-2024 Olimpiadasi uchun reyting ochkolarini jamg‘arish davri yakunlanadi. 

Shu bois, ushbu mas’uliyatli turnirda O‘zbekiston terma jamoasi ham asosiy tarkib bilan qatnashadi. Hamyurtlarimiz bir necha soat avval Torontoga etib borishdi. Bosh murabbiy Gleb Groysman hal qiluvchi startga quyidagi sportchilarni jalb qilgan:

Olga Zabelinskaya
Margarita Misyurina 
Nafosat Kozieva
Sofiya Karimova

Manba: MOQ matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!