
Velosport. Hamyurtimiz Italiyada shoxsupaga ko‘tarildi
Italiyadagi xalqaro musobaqada ishtirok etayotgan velosportchilarimizdan yana bir xushxabar. Venetsiya viloyatida o‘tgan shosse yo‘nalishidagi turnirda hamyurtimiz Nafosat Kozieva shohsupaga ko‘tarildi. 94,77 km masofaga kechgan “SAN GABRIEL GOLD RACE - 2° TROFEO RENZO TONON” poygasida yurtdoshimiz marra chizig‘ini ikkinchi bo‘lib kesib o‘tdi va kumush medal bilan taqdirlandi.
Oltin - Silvia Zanardi - (Italiya)
Kumush - Nafosat Kozieva - (O‘zbekiston)
Bronza - Eliza Devallier - (Italiya)
Fikrlar