Vazir deputatlar oldida hisob berdi!

  • 21 sentabr, 2022, 20:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boshqalar
BEPUL PROPAN

Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasida navbatdagi “Hukumat soati” bo‘lib o‘tdi. Unda xalq vakillari “Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, aholining barcha qatlamlarini, ayniqsa, yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi masalani muhokama qilishdi.

Deputatlarning mazkur masala yuzasidan savollariga O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikramov javob berdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Savol-javoblarga boy bo‘lgan “Hukumat soati”da deputatlar mavjud muammolarni bartaraf etish, soha istiqboliga qaratilgan bir qator taklif va tavsiyalarni berishdi. Muhokamalar so‘ngida kun tartibidagi masala yuzasidan samarali parlament nazoratini ta’minlashga kelishib olindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!