
Varan va Ronaldu yana birga o‘ynashi mumkin!
"An-Nasr" jamoasi "Manchester Yunayted" himoyachisi Rafael Varan xizmatlariga qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi "Daily Star" nashri.
Manba bergan xabarga ko‘ra, uning sobiq "Real"dagi jamoadoshi Krishtianu Ronaldu o‘ynayotgan Saudiya Arabistoni jamoasi frantsiyalik futbolchiga bir yil uchun 60 million evro maosh taklif qilishga tayyor.
30 yoshli futbolchining "qizil iblislar" bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali uni 25 million evroga baholamoqda.
Joriy mavsumda Varan barcha turnirlarda 21 o‘yinda qatnashib, o‘z jamoadoshlariga bitta golli uzatmani amalga oshira oldi.
Fikrlar