Van Gal Ronalduning Messidan ustun tomonini aytdi

  • 27 mart, 2023, 11:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Niderlandiyalik mashhur murabbiy Lui van Gal Lionel Messi va Krishtianu Ronalduning imkoniyatlarini solishtirdi.

Tecno

- Bu ikkisidan birini tanlash juda qiyin. Messiga solishtirganda Ronalduning unvonlari ko‘proq. Messining individual sovrinlari ko‘p. Ronaldu argentinalik yulduzga qaraganda jamoaviy o‘yinchi.

Men murabbiy sifatida jamoaga ko‘proq foydasi tegadigan o‘yinchini tanlardim.  Messi zo‘r bo‘lishi mumkin, lekin futbolda jamoa uchun o‘ynash muhimroq, - dedi Lui van Gal.

Lionel Messi mavsumning eng zo‘r futbolchisiga beriladigan “Oltin to‘p” sovrinini etti marotaba qo‘lga kiritgan. Ronaldu esa, besh bor bu sharafga musharraf bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!