
Van Deyk "Liverpul" tarkibida o‘zgarishlar kutmoqda
"Liverpul" himoyachisi Virjil van Deyk yozgi transferlar oynasida klubning pozitsiyasidagi kutilmalarini bayon etdi.
- Eski o‘yinchilarning ketishi va yangilarining kelishi nuqtai nazaridan, bu yoz juda muhim bo‘ladi deb o‘ylayman. Barchamiz direktorlar kengashi oldiga qo‘yilgan vazifani uddalay olishiga ishonishimiz lozim, - dedi himoyachi.
Shuningdek, u yangi mavsumda jamoa yanada kuchayishiga ishonch bildirdi. Van Deyk "Liverpul" futbolchilarining yozdagi xalqaro musobaqalarda ishtirok etmasligini katta afzallik deb ta’kidladi, sababi bu mavsum oldi tayyorgarlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Fikrlar