
“Manchester Siti” rekord transferni amalga oshiradi
“Manchester Siti” mutasaddilari jamoa tarkibiga yosh iste’dodlarni jalb qilishda davom etmoqda. Klubning navbatdagi xaridi Sverre Nyupan bo‘ladi.
18 yoshli norvegiyalik yarim himoyachi “Rusenborg” jamoasi o‘yinchisi hisoblanadi. “Shaharliklar” bu klubni Nyupanni sotishga ko‘ndirdi.
The Athletic nashrining ma’lum qilishicha, bu transfer uchun manchesterliklar 14,6 million evro to‘laydi. Qizig‘i shundaki, bu summa Norvegiya uchun rekord hisoblanadi. Bu mamlakat ichki chempionatida hali hech bir futbolchi uchun bunaqa narxda pul to‘lanmangan.
Angliya superklubi yangi iste’dod bilan 2030 yilning yarmigacha davom etadigan shartnoma imzolaydi. Transfer yakunlanganidan keyin Nyupan tajriba oshirishi uchun boshqa klublarga ijaraga beriladi.
Fikrlar