Van de Bek "Manchester Yunayted"ni La Liga klubiga almashtirishi mumkin

  • 2 avgust, 2023, 12:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Donni van de Bek faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin.

Tecno

"Real Sosedad" 26 yoshli futbolchining transferi borasida "Manchester Yunayted"ga rasman murojaat qildi. Bundan oldinroq klub rahbariyati van de Bekning vakillari bilan dastlabki muzokaralarni o‘tkazishgandi.

Ayni damda ingliz va ispan klublari kelishuv formulasi va tafsilotlarini muhokama qilishmoqda.

Donni van de Bek o‘tgan mavsum Premer-ligada 7 ta o‘yinda maydonga tushgan xolos. Yarim himoyachi 2020 yilda «Ayaks»dan «Manchester Yunayted»ga ko‘chib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!