Valuyskiy yana o‘zini ko‘rsatdi (video)

  • 12 mart, 2020, 09:20
  • 0
  • Xokkey
CHERY AUTO

Toshkentning "Humo" jamoasi mazkur bosqich doirasida Moskvaning "Zvezda" klubiga qarshi bahs olib bordi va overtaymda o‘tkazib yuborilgan shayba evaziga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Tecno

12-daqiqada mehmonlar son jihatdan ustunlikdan unumli foydalanishdi. Semyon Valuyskiy Evgeniy Grigorenkoning ajoyib uzatmasidan so‘ng shaybani raqib darvozasiga joylab qo‘ydi. Bu uning mavsum davomida son jihatdan ustunlikda kiritgan 13-shaybasi bo‘ldi.

Ammo shundan so‘ng ustunlik to‘liq moskvaliklar tarafiga o‘tdi va ular Dmitriy Lozebnikov qo‘riqlayotgan darvozani ikki bor ishg‘ol qilishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!