Valexo "Real"ga kerak emas

  • 27 iyul, 2021, 11:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid himoyachisi Xesus Valexo mavsumlar oralig‘ida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

Tecno

El Chiringuito nashri muxbiri Xose Luis Sanchesning xabar berishicha, “qirollik klubi” rahbariyati 24 yoshli ispaniyalik futbolchini ijaraga berishni rejalashtirmoqda. Biroq agar yaxshi taklif kelib tushsa, uning transferini to‘liq sotib yuborishlari ham mumkin.

Ta’kidlash kerakki, yangi mavsumda "Real"ning himoya chizig‘i quyidagicha ko‘rinishda bo‘ladi: Alaba, Militao, Nacho, Chust/Xila.

Valexo "Real" safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U so‘nggi 2 mavsumni "Granada" safida ijarada o‘tkazdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!