
Valeriy Kichin: Superligadagi futbolchilar va terma jamoa a’zolari o‘rtasida katta farq bor
Ertaga "JCh-2026" saralashi doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qirg‘iz Respublikasiga qarshi bahs olib boradi. Ushbu to‘qnashuv oldidan raqiblarimiz bosh murabbiyi Maksim Lisitsin va jamoa sardori Valeriy Kichin matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi:
Siz o‘tgan mavsum Superligada harakat qilgansiz. Bu ertangi bahsda sizga yordam beradi, deb o‘ylaysizmi?
- O‘zbekiston Superligasida harakat qiluvchi futbolchilar va terma jamoa a’zolari o‘rtasida farq katta. Sababi, O‘zbekistonda juda ko‘p sifatli leginerlar bor va ular terma jamoada o‘ynamaydi. Umuman olganda, menimcha bu yordam bermaydi.
Fikrlar