Valentin Kovalenko Bahrayn - Eron uchrashuvini boshqaradi

  • 13 oktabr, 2019, 20:53
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

15 oktyabr kuni Bahrayn o‘z maydonida Eronni qabul qiladi. Biz uchun e’tiborli jihati mazkur bellashuvni Valentin Kovalenko boshliq o‘zbekistonlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

Unga qanotlarda Andrey Tsapenko hamda Timur Gaynullinlar yordamlashadi. To‘rtinchi hakam Ilgiz Tantashev.

Ma’lumot uchun, Bahrayn ortda qolgan 3 turdan so‘ng saralash bosqichining "S" guruhida 4 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, 6 ochkosi bor Eron  mazkur guruhda peshqadam bo‘lib turibdi.

Bahrayn – Eron

Bosh hakam: Valentin Kovalenko (O‘zbekiston). 

Yordamchi hakamlar: Andrey Tsapenko (O‘zbekiston), Timur Gaynullin (O‘zbekiston). 

Zaxira hakami: Ilgiz Tantashev (O‘zbekiston). 

Nazoratchi: Hakan Anaz (Avstraliya)

Komissar: Tanpayri Payrit (Tailand). 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ronaldujunior
13/10/2019 21:22
маладес