Vagiz Galiulin: "Farzandlarimning biri futbol, yana biri xokkey bilan shug‘ullanadi. Hozir ular bilanman"

  • 1 iyul, 2024, 00:35
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Uzoq yillardan beri Rossiya chempionatida to‘p surib kelayotgan hamyurtimiz Vagiz Galiulin yaqinda “Nefteximik” klubini tark etdi. 5 yil mobaynida mazkur jamoa sharafini munosib himoya qilib kelgan futbolchimiz haqida ushbu xabar barchaning e’tiborini tortgani aniq.

Tecno

Vagiz o‘z klubining tom ma’nodagi etakchisi va sardor edi. Lekin boshlangan ishning yakuni bo‘lganidek Galiulin o‘zi uchun qadrdon klubga aylangan “Nefteximik” bilan xayrlashdi.

Legionerimiz nima uchun bunday qarorga kelgani va yana boshqa masalalar borasida Sports.uz jurnalisti bilan muloqot chog‘ida o‘z fikrlarini aytdi.

“Ketish vaqti kelgandi”

- “Nefteximik” klubidan ketdim. Avvalo, bu klubga rahmat. O‘sha erda shuncha yil to‘p surdim. Yaxshi va yomon o‘yinlar bo‘ldi. “Nefteximik” safida 5 yil davomida jamoa sardori bo‘lib o‘ynadim. Hammasi zo‘r edi. Ammo ketish uchun vaqt kelgandi. O‘zim ham ketish uchun qaror qabul qildim. “Nefteximik” ko‘proq yoshlarga e’tibor qaratgisi keldi. Hozircha Kazandaman. Oilam bilan dam olyapman.

“Munosabatlar a’lo darajada edi”

“Nefteximik” klubida menga juda yaxshi ahamiyat berardi. Klub rahbariyati bilan ham o‘rtamizdagi munosabatlar a’lo darajada edi. Shu bois ham u erda ko‘p vaqt to‘p surdim. Asosiysi, Kazanga yaqin, oilam oldida. Istalgan payt uyimga kelib-ketardim. Boshida “Nefteximik” bilan shartnoma tuzgandim va shu bo‘yi ushbu jamoada qolib ketdim.

“Ayrim takliflar bor”

Ha, bu yil 37 yoshga to‘laman. Hozircha oilam, bola-chaqam bilanman. Farzandlarimning biri futbol, yana biri xokkey bilan shug‘ullanadi. Ayni paytda ular bilan yuribman. Ha, menga ayrim takliflar bor, Rossiyadan. Ammo juda uzoqligi uchun borgim kelmayapti.

“Hamma aytyaptiki, Superliga kuchaygan”

Albatta, O‘zbekiston chempionatini kuzatib turaman. Do‘stlarim o‘ynashyapti. Sanjar Tursunov, Oleg Zoteev bilan ko‘p gaplashib turaman. Hamma aytyaptiki, chempionat kuchaygan. Yaxshi legionerlar kelyapti. Superligada o‘sish bor. Hamma jamoalar bir-birini yutsa bo‘ladi, oldingidek emas. Raqobat orqali futbolchilar o‘sadi va terma jamoaga tushadilar.

“Futboldan keyin o‘ziga yarasha loyihalarim bor”

Futboldan keyin murabbiy bo‘lamanmi yoki biznesmenmi? To‘g‘risini aytsam, bu to‘g‘risida o‘ylamaganman. O‘ziga yarasha loyihalarim bor. Buni hozir ayta olmayman. Uni bajarish va o‘qish kerak.

Shuhratbek Jo‘raev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Davlatbek Alibekov
01/07/2024 06:03
37 ёш футбол учун нафак,а ёши бизни супер лигага бу йигит ярамайди