Vadim Abramov: Maqsadimiz 30 mart kuni bo‘ladigan JCh saralashidan o‘rin olgan uchrashuvga puxta tayyorgarlik ko‘rish

  • 11 fevral, 2021, 16:51
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklarida yig‘in o‘tkazmoqda. Mashg‘ulotlarda asosan mahalliy futbolchilar ishtirok etyapti.

Tecno

Vadim Abramov "O‘zbekiston 24" telekanaliga intervyu berdi. Unda terma jamoamiz ustozi quyidagi fikrlarni bildirdi.

- Rejamizga kiritilgan deyarli barcha o‘yinchilar yig‘inda qatnashmoqda. Oybek Rustamovda kichik jarohat bor. Qolganlar esa, to‘liq tarkibda shug‘ullanmoqda.

Ushbu yig‘in doirasida 3 ta nazorat bahsi o‘tkazamiz. 12, 15, 17 fevral kunlari "Zenit", Iordaniya terma jamoasi va Soligorskning "Shaxtyor" klubi bilan bellashamiz. Maqsadimiz 30 mart kuni bo‘ladigan jahon chempionati saralashidan o‘rin olgan uchrashuvga puxta tayyorgarlik ko‘rish.

Pandemiya sabab, xorij klublaridagi futbolchilarimizning hammasini ham yig‘inga chaqira olmadik. Ammo bu boshqalarni mukammal o‘rganish, bo‘lajak jiddiy sinovlarda jamoamizga kimning foydasi ko‘proq tegishini tahlil qilish uchun qulay fursat bo‘ladi, - dedi Vadim Abramov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!