Vadim Abramov "Bunyodkor"dan ketdi

  • 25 dekabr, 2020, 11:09
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Vadim Abramov bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston milliy terma jamoasi va "Bunyodkor" klubida bosh murabbiylik qilayotgandi.

Tecno

Vadim Karlenovich Sports.uz saytiga bergan intervyusida keyingi mavsumdan "qaldirg‘ochlar" safida ishlamasligini ma’lum qildi.

“Bunyodkor”dan ketishim kerakligini hali menga hech kim etkazgani yo‘q. Men bu masalani muhokama qilib o‘tirishga hojat yo‘q, deb hisoblayman. Chunki milliy terma jamoa ustozi sifatida asosiy diqqat-e’tiborim aynan u bilan bog‘liq bo‘lib qolgan. “Bunyodkor”dan ketgan taqdirimda ham, faqat milliy terma jamoada ishlayman. Bundoq olib qaraganda, “Bunyodkor”dan rasman ketib bo‘ldim ham. Chunki rahbariyat bilan klubni yilning oxiriga qadar boshqarish borasida kelishuvim bor edi. Biz qonun-qoidalarga rioya qiluvchi odamlarmiz. Kelishdikmi, bunga albatta rioya qilmog‘imiz darkor. Boya aytganimdek, endi butun diqqat-e’tiborimni milliy terma jamoadagi ishimga qarataman xolos", - dedi Abramov.

Avvalroq, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Ijroiya qo‘mitasining keyingi davrning dolzarb vazifalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda terma jamoa murabbiylari faqat bir jamoada ishlashi kerakligini ma’lum qilingan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Liverpool fan
25/12/2020 11:22
Термаданам кетса яхши боларди