Vadim Abramov: "Afsuski, g‘alaba uchun vaqt kamlik qildi"

  • 14 may, 2024, 00:40
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 7-turidan o‘rin olgan "Surxon" - "Dinamo" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. Uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

"Birinchi bo‘limda o‘yinimiz chiqmadi. Uchrashuv oldidan qilgan rejalarimiz amalga oshmadi. Ikkinchi taymda esa katta ustunlikka erishdik. Tushunarsiz gol o‘tkazib yubordik. Shundan so‘ng bor diqqatimizni hisobni tenglashtirishga qaratdik. Afsuski, g‘alaba uchun vaqt kamlik qildi.

Tanaffusda zaxiraga olingan futbolchilar biz ulardan kutgan o‘yinni ko‘rsata olishmadi. Qolaversa, bahsning borishi ham o‘zgarish qilishni talab qildi. Zaxiradan maydonga tushganlar esa o‘yinni kuchaytirishdi. Umuman olganda, bunday holatlar bo‘lib turadi.

Ratinyo "Surxon"ga qarshi bahsda ishtirok etishiga umid qilgan edik. U mashg‘ulotlarga qo‘shildi, ammo o‘zini yomon his qildi. Hozir nimadir deya olmayman. Afsuski, biz kubokdan ham chiqib ketdi, futbolchimizdan ham ayrildik.

O‘yinimiz yaxshi bo‘lsa, natija ham uzoq kuttirmasligi lozim. O‘zimiz ham bunday vaziyatga tushib qolishimizni kutmagan edik. Darvozabonimiz keraksiz joyda xato qildi. Bu ruhiy holat bilan bog‘liqmi, bilmadim. Ammo vaziyatni o‘nglashga intilamiz", - dedi samarqandliklar ustozi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Искандар Нарзикулов
14/05/2024 08:39
Энг асосийси супер лигада колиш хар йили тушиб кетиш хам йитар энди болаларда иштийок йукдай куринайапди уйинга