Unai Emeri nega aynan "Vilyarreal"ni tanlaganini aytdi

  • 5 aprel, 2022, 20:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Vilyarreal" bosh murabbiyi Unai Emeri The Athletic nashriga bergan intervyusida nima uchun "sariq suv osti kemasi"da ishlashni tanlaganini aytdi.

Tecno

"Men yana ulkan maqsadlar bilan bo‘lishni xohlardim. Buni menga qaysi klub berishi mumkin? Kuboklarni yutish juda qiyin, Evropada esa g‘alaba qozonish bundan ham qiyin. Men o‘zimga nisbatan juda talabchanman va "Vilyarreal"dan ham nima talab qilishni bilaman.

Evropa ligasidagi g‘alaba to‘siqni buzib tashladi. "Vilyarreal"ni allaqachon hurmat qilishni boshlab yuborishdi, chunki ular yaxshi o‘ynamoqda. Bu kichik shaharchada barpo etilgan ishonchli sport loyihasidir”, - dedi ispaniyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, Emeri qo‘l ostida o‘tgan mavsumda Evropa ligasida g‘alaba qozonishdan oldin "Vilyarreal" o‘z tarixida biror marta ham sovrin yutmagandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!