
Unai Emeri Ispaniyada ish boshlashga yaqin
Ispaniyaning "Valensiya" klubi rahbariyati jamoa murabbiyligiga Unai Emerini olib kelmoqchi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, ayni paytda "Valensiya"ni Alberto Selades boshqarmoqda. Ammo rahbariyat murabbiyning ishidan to‘liq qoniqish hosil qilmayapti. Agar jamoa mavsum oxirida EChL yo‘llanmasini qo‘lga kiriti olmasa, Seladesning ketishi 90-95 foizni tashkil qiladi.
Emeri hozir ishsiz. U o‘tgan yilning noyabr oyida "Arsenal" klubida bosh murabbiylikdan ozod etilgandi. Emeri 2008 yildan 2012 yilgacha "Valensiya"ni boshqargan va 3 marta La Ligada 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan.
Fikrlar