Umarali Rahmonaliev gol urgan uchrashuvda "Sabax" g‘alaba qozondi
Ozarbayjon Premer-ligasi 14-turidan o‘rin olgan "Turan" - "Sabax" bahsi bo‘lib o‘tdi va bellashuv mehmonlar 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Legionerimiz Umarali Rahmonaliev asosiy takribda maydonga tushib, 90-daqiqada zaxiraga olindi. Futbolchi 79-daqiqada jamoasining 3-goliga mualliflik qildi.
Ma’lumot uchun, "Sabax" ayni damda 31 ochko bilan birinchi pog‘onani egallab turibdi.



Fikrlar