Umar Nurmagomedov: "Meni burgut, Xabibni esa keksa burgut deyishingiz mumkin"

  • 5 yanvar, 12:19
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFC jangchisi Umar Nurmagomedov akasi Xabib Nurmagomedovning laqabi bilan oktagonda e’lon qilinishini xohlamoqda.

Tecno

“Xabibni burgut deyishadi, shunday emasmi? U mening katta akam. Men yoshroqman, meni “yosh burgut” deyishadi, lekin bu yoshda emas, kamina yangi avlod. Ikkalamizni ham burgutlar deb atash mumkin. Meni burgut, Xabibni esa keksa burgut deyishingiz mumkin. 19 yanvar kungi turnirdan so‘ng shunday e’lon qila olasiz” — dedi Nurmagomedov murabbiyi Xaver Mendezning ijtimoiy tarmoqlarida.

Eslatib o‘tamiz, 19 yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan "UFC 311" turnirida Umar (18-0) amaldagi UFC chempioni Merab Dvalishvili (18-4) bilan jang qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!