
Ulug‘bek Baqoev: Hali qilinadigan ishlar ko‘p
"Ketma-ket 3 mag‘lubiyatdan so‘ng yigitlarda biroz o‘zlariga ishonch yo‘qolgan edi. Shu sababdan ham bugun yaxshi natija qayd etishimiz shart edi. Yigitlarga borlarini berib harakat qilishgani uchun rahmat. Muxlislarga ham ajoyib qo‘llab-quvvatlashgani uchun tashakkur.
Bugun oldinga qadam tashlay oldik, deb o‘ylayman. Lekin hali oldimizda turgan qilinishi lozim bo‘lgan ishlar talaygina. Endi bor diqqat-e’tiborimizni navbatdagi uchrashuvga qaratamiz", - deb Baqoevning so‘zlarini keltirib o‘tdi "So‘g‘diyona" matbuot xizmati.
Fikrlar