Ular “Manchester Yunayted”ni chempion qiladi!

  • 3 iyun, 2021, 12:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ule-Gunnar Sulsher jamoasining sovrinli o‘rinlar uchun kurashishi ta’minlash maqsadida tarkibni sezilarli darajada kuchaytirmoqchi.

Tecno

Shu bois, norvegiyalik murabbiy klub xo‘jayinlarini uch nafar yulduzni transfer qilishga ko‘ndirgani aytilmoqda.

Manbalarning ma’lum qilishicha, manchesterliklar “Real”dan ketayotgan himoyachi Rafael Varan, “Borussi” qo‘yib yuborishga rozi bo‘lgan Jeydon Sancho va “Vest Xem” ushlab qola olmaydigan Deklan Raysni xarid qilmoqchi.

Bu transferlar uchun “Manchester Yunayted” o‘z g‘aznasidan 250 million funtga yaqin mablag‘ ajratishi kerak bo‘ladi. Agar transferlardan biri o‘xshamay qolsa, zaxira varianti sifatida “Vilyarreal” himoyachisi Pau Torres nomi ham ro‘yxatga kiritilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!