
Uittaker: "U yarim engil vazn toifasidagi yirtqich!"
O‘rta vazn(83,9 kg) toifasidagi UFC jangchisi Robert Uittaker yarim engil vazn(65,8 kg) toifasi chempioni Aleksandr Volkanovskining Ilya Topuriya bilan bo‘lajak jangi oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Menimcha, Volkanovski biz ko‘rgan o‘z vazn toifasidagi eng yaxshisi.Topuriya bilan jang uning darajasini isbotlaydigan sinovdir. Jang qanday tugaydi? Lekin buni aytish qiyin. Garchi shunday bo‘lsa-da, Volkanovskini mag‘lub eta oladigan jangchini tasavvur qila olmayman. U yarim engil vazn toifasidagi yirtqich hisoblanadi, - dedi Uittaker MMA NEWS nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Volkanovski(26-3)-Topuriya(14-0) jangi 18 fevralga o‘tar kechasi AQSh ning Anaxaym shahrida bo‘lib o‘tadigan "UFC 298" turnirining asosiy jangi hisoblanadi.
Fikrlar