Uittaker tajribali va chempion, biroq Irom Aliaskerov nokaut qiladi (So‘rovnoma)

  • 21 iyun, 2024, 18:11
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Ertaga, 22 iyun kuni Saudiya Arabistonida UFC turniri bo‘lib o‘tadi. Mazkur jangning asosiy to‘qnashuvida Robert Uittaker hamda Ikram Aliaskerov to‘qnash keldi. Biz ushbu jang borasida o‘zbek MMA olami vakillarining fikri bilan qiziqdik. 

Tecno

Farruh Madaminov- murabbiy

To‘g‘risi, Chimaev va Uittaker jangini rosa kutgandim. Kutilmaganda bunday o‘zgarishlar bo‘lib ketdi. Ikram Aliaskerovni ham yaxshi jangchi deb bilaman. Kuchli zarbaga ega. Dog‘istonlik ekanligini inobatga olgan holda, kurashiga ham yuqori baho beraman. Biroq, Uittakerni muxlisiman. Robi juda tajribali va faoliyati mobaynida juda kuchli jangchilarga to‘qnash kelgan. Kardio borasida ham maqtana oladi. Shuningdek, juda tezkor. Agar Aliaskerov "laki panch" bilan g‘alaba qozonmasa, ochkolar hisobida Uittaker g‘alaba qozonadi. Imkoniyatlarni 60/40 deya baholagan bo‘lardim. Uittaker foydasiga!

Mavlon Mavlonov- murabbiy

Juda qiziqarli jang! Bu qarama-qarshilikda Robert Uittakerning imkoniyatini yuqori baholagan bo‘lardim. Chempionlik janglarini juda ko‘p ko‘rgan. "Stoyka"si ham yaxshi va kurashi ham kuchli. Chempionlik shunday narsaki, u boshqacha jangchiga aylanadi. Faoliyatim mobaynida, O‘zbekiston chempionatlarida juda ko‘p guvoh bo‘lganman. Chempion bo‘lgan bolada ruhiyat paydo bo‘ladi. Shuning uchun bu jangda Uittaker g‘alaba qozonadi, degan fikrdaman. Imkoniyatlarni 60%-40% deya baholagan bo‘lardim. 

Humoyun Ibragimov - MMA jangchisi

- Ochig‘i bu jangda Robert Uittakerga muxlislik qilaman chog‘i, bilmadim nimaga? To‘g‘risi, buni ochiqlab bera olmayman. Shunchaki uning jang qilishi va o‘zini tutishi yoqadi. Xaqiqiy sportchi va xaqiqiy chempion sifatida ko‘raman. Imkoniyatlar 60%-40% Uittaker!

Shuhratbek Abdumutalibov - murabbiy

- To‘g‘risi, bu jangdan sensatsiya kutyapman. Uittaker sobiq chempion va juda tajribali jangchi. Biroq, bu to‘qnashuvda ishtiyoq ustun keladi, degan fikrdaman. Ikram prospekt va "uxlatib" qo‘yuvchi zarbaga ega. Menimcha u Uittakerni tuta oladi va muddatidan avval g‘alaba qozonadi, deb o‘ylayman. 



Zafar Salimov - O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi Samarqand viloyati bo‘limi raisi

-
Ikram Aliaskerovga muxlislik qilaman. Yaxshi darajadagi jangchi. "stoyka"chi ham yaxshi, kurashiga am yuqori baho beraman. Birgina tajriba borasida raqibiga imkoniyatni boy berishi mumkin. Uittaker juda kuchli va mahoratli sanaladi. U katta janglarni ko‘p ko‘rgan. Har qanday uslubdagi raqiblar bilan to‘qnash kelgan. Biroq, men Ikramga ishonaman. U g‘alaba qozonadi. Jang muddatidan avval yakunlanadi. Imkoniyatlarni 65%-35% deb bilaman. Aliaskerov foydasiga!



Doniyorbek Ro‘ziev - murabbiy

-
Ikram Aliaskerov g‘alaba qozonadi. To‘g‘ri, Robert Uittaker sobiq chempion, divizion etakchisi va juda tajribali sanaladi. Ammo, uning faoliyatida pasayish yuzaga kelayotgan vaqti. U Drikus bilan jangda xech nima qila olmadi. To‘g‘ri, oxirgi jangda Paulo Kostaga qarshi yaxshi harakat qildi. Biroq, u baribir avvalgi Uittaker emas. Ikramda esa motivatsiya bor. U bu jangda g‘alaba qozonsa, chempionlik jangida oktagonga ko‘tarilishi mumkin. Shunday ekan, bu imkoniyatni u qo‘ldan chiqarmaydi.  Imkoniyatlarni 60%/40% degan bo‘lardim. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!